YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!
6315/6316-sonli "Qarshi – Buxoro – Qarshi" shahar atrofi poyezdining qatnovi 1 reysga bekor qilinadi.
Texnik sabablarga ko‘ra 2026-yil 19-iyun kuni 6315/6316-sonli "Qarshi – Buxoro – Qarshi" shahar atrofi poyezdining qatnovi 1 reysga bekor qilinadi.
Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishni inobatga olishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati
17/06/2026