YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!
7091/7093-sonli "Qo‘qon – Namangan – Andijon – Marg‘ilon – Qo‘qon" hamda 7094/7092-sonli "Qo‘qon – Namangan – Qo‘qon" shaharlararo elektropoyezdlarining qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
Hurmatli yo‘lovchilar!
Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 15-iyul kuni 7091/7093-sonli "Qo‘qon – Namangan – Andijon – Marg‘ilon – Qo‘qon" hamda 7094/7092-sonli "Qo‘qon – Namangan – Qo‘qon" shaharlararo elektropoyezdlarining qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
Safaringizni rejalashtirishda mazkur o‘zgarishni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
"Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJ matbuot xizmati
14/07/2026