YO'LOVCHILAR DIQQATIGA

YO'LOVCHILAR DIQQATIGA

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar va izohlar tarqalmoqda.

❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar va izohlar tarqalmoqda.

🗂Shu munosabat bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
“Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo poyezd 4 ta yo‘lovchi vagonidan iborat bo‘lib, mazkur poyezd jamoat transporti tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

➕Ushbu yo‘nalishda chiptalar o‘rindiq (joy) raqami ko‘rsatilmagan holda, ya'ni joysiz sotiladi. Yo‘lovchilar amaldagi chipta asosida poyezdga chiqadilar hamda bo‘sh o‘rinlarga joylashadilar. Har bir vagon 81 nafar yo‘lovchini o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan.

📌Mazkur poyezd aholiga qulay va hamyonbop transport xizmati ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda yo‘lovchilar tomonidan unga talab juda yuqori. Ayniqsa, dam olish va bayram kunlari yo‘lovchilar oqimining keskin ortishi sababli ayrim qatnovlarda gavjumlik kuzatilishi mumkin.

➡️Poyezd vagonlari yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar bilan ta'minlangan. Jumladan, yoz mavsumida sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimlari uzluksiz ishlashi ta'minlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan mas'ul mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilarga yanada qulay, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur choralar ko‘riladi.

‼️Hurmatli fuqarolardan tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma'lumotlarga emas, balki rasmiy axborot manbalariga tayanishlarini so‘raymiz.

“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati

    24/08/2026

Kechikishlar yoki maxsus takliflar haqida bildirishnoma olmoqchimisiz?

Kanalga obuna bo‘ling