8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Bugun biz davlatimizning siyosiy, huquqiy va ma’naviy poydevorini belgilab bergan muhim hujjat — Konstitutsiya qabul qilingan kunni nishonlaymiz.
U yurtimiz taraqqiyoti, fuqarolar erkinligi, inson huquqlari va qonun ustuvorligini kafolatlab kelayotgan eng oliy qadriyatdir.
Konstitutsiya bizga:
• qonunlarga hurmat
• jamiyatda adolat va tartib
• kelajak avlodlar uchun mustahkam asos
• har bir fuqaroning daxlsiz huquqlari
kabilarni taminlab beradi.
Biz, o‘z faoliyatimizda Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillarni amalda qo‘llab, xalqqa xizmat qilishni, yurt ravnaqiga hissa qo‘shishni davom ettiramiz.
Yurtimiz tinch bo‘lsin, Konstitutsiyamiz mustahkam bo‘lsin, xalqimizning birdamligi yanada kuchaysin!
08/12/2025