YO'LOVCHILAR DIQQATIGA
6202/6203-sonli Urgut — Samarqand — Urgut yo‘nalishida harakatlanuvchi shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
HURMATLI YO‘LOVCHILAR!
Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 28-oktabr kuni 6203-sonli Samarqand — Urgut hamda 29-oktabr kuni 6202/6203-sonli Urgut — Samarqand — Urgut yo‘nalishida harakatlanuvchi shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so'raymiz
Ma'lumot uchun:+998 71 237-89-14
"Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MChJ matbuot xizmati
28/10/2026