YO'LOVCHILAR DIQQATIGA
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Buyuk ajdodimiz — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Bugun o‘zbek davlatchiligi va mumtoz adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ siymo — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bobur — nafaqat yirik sarkarda va davlat arbobi, balki nozik didli shoir, tarixnavis va ma’rifatparvar hukmdor sifatida ham jahon tamaddunida alohida o‘rin tutadi. U asos solgan Boburiylar imperiyasi Sharq sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.
Boburning boy ilmiy-adabiy merosi, xususan “Boburnoma” asari bugungi kunda ham tarixiy haqiqat va yuksak badiiy mahorat namunasi sifatida qadrlanadi.
Buyuk ajdodimizning ibratli hayoti va faoliyati yosh avlodni Vatanga sadoqat, ilmga intilish va yuksak maqsadlar sari ruhlantirib kelmoqda.
543 yillik sana muborak bo‘lsin.

14/02/2026