YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!

YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!

Ijtimoiy tarmoqlarda shahar atrofida harakatlanadigan poyezdlarning birida yoʻlovchilar joy yoʻqligi sababli turib ketayotgani aks ettirilgan video lavhalar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan izoh:

 Ijtimoiy tarmoqlarda shahar atrofida harakatlanadigan poyezdlarning birida yoʻlovchilar joy yoʻqligi sababli turib ketayotgani aks ettirilgan video lavhalar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan izoh:

 📌 6377-sonli “Uzun — Termiz” yo‘nalishidagi shahar atrofi poyezdida hozirda , 6 ta vagondan tashkil topgan, ularning umumiy sig‘imi 450 nafarni tashkil etadi. Odatda ushbu poyezdda 250–300 nafar yo‘lovchi qatnaydi.

 ➡️Biroq, 2025-yil 12-oktyabr kuni yo‘lovchilar sonining keskin oshganligi sababli barcha yo‘lovchilarni o‘tirgan holda joylashtirish imkoniyati bo‘lmadi.
Shuningdek, shahar atrofi elektropoyezdlari uchun toʻlov, metro va avtobuslar kabi yo‘lovchilarni tashish pullik asosda amalga oshiriladi.

❗️ Poyezd chipta narxi - 15 000 soʻmni tashkil etadi.

O‘tirish joyi kafolatlanmaydi, chunki bunday transport turlari ommaviy tashishga mo‘ljallangan.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida barcha shahar atrofi poyezdlari bosqichma bosqich yangi tarkiblarga almashtirilishi rejalashtirilgan.

✅ Hurmatli yoʻlovchilar sizda talab va takliflar mavjud boʻlsa ushbu link orqali bizga yozib qoldirishingiz mumkin:@temiryoluzbot

❕ Shu oʻrinda, Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tarqatishda asosga ega bo’lmagan yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qilamiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
 

    12/10/2025

Kechikishlar yoki maxsus takliflar haqida bildirishnoma olmoqchimisiz?

Kanalga obuna bo‘ling